OCHL seminarida "Nasaf" matbuot kotibi ishtirok etmaydimi?

Narzulla Saydullayev
1 dek 2015, 14:06
Osiyo chempionlar ligasining yangi mavsum oldidan o'tkazilinadigan odatdagi seminari bu safar "Nasaf" matbuot xizmati vakillarisiz o'tadigan bo'ldi.

Seminar tashkilotchilarining bizga taqdim etgan ro'yxatlarida, aynan "Nasaf"dan matbuot kotibi yo'q.
Tadbirda, "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari ishtirok etadilar. Avvalgi yilgi seminarlardan farqli ravishda bu safar OFK bor yo'g'i ikki nafar xodimning harajatlarini o'z bo'yniga oladi. Bunga qadar har bir jamoadan to'rt nafardan mutaxassis OFK qarorgohida yig'ilar edi.

Demak, ro'yxat quyidagicha ko'rinish olgan:

"Bunyodkor": Islom Xodjaev (jamoa boshlig'i), Bahodir Mirzaev (matbuot kotibi).
"Nasaf": Shamil Yarulin (j.b), Yunus Nabiev (m.k).
"Paxtakor": Rustam Kupaysinov (j.b), Nodir Abduqodirov (m.k).
"Lokomotiv": Sardor Akramov (j.b), Xayrulla Xoliqov (m.k).

Qizig'i shundaki, "Nasaf" klubining matbuot xizmatida uch nafar xodim ishlaydi, ammo ularning hech biri OFK seminarida ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia