OCHL. "Paxtakor"ning yana bir raqibi, Aziz G'aniev to'p tepadigan "Shabab Al Ahli" ham Dohaga yetib keldi

Tolibjon Qosimov
12 sen 2020, 05:10
G'arbiy mintaqa jamoalari markazlashgan OCHL o'yinlarida ishtirok etish uchun birin-ketin Qatar poytaxti Dohaga yetib kelishdi.

Mamlakatimiz chempioni "Paxtakor" 10 sentyabr kuni uchib kelgan edi. Xuddi o'sha kuni "sherlar"ning guruh ("B" guruhi)dagi yana bir raqibi "Shabab Al Ahli" (BAA) ham Qatar poytaxtiga yetib keldi. Klub matbuot xizmati ana shu jarayondan suratlarni joyladi. Biz ham amirliklarning Dohaga kelishi suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.

FOTO  OCHL. Musobaqaning amaldagi g'olibi "Al Hilol" ham Dohaga yetib keldi, ular "Paxtakor" bilan o'ynaydi

"Shabab Al Ahli" delegaciyasi yo'lga chiqishdan oldin Dubayda suratga tushishdi.


Aziz G'aniev ham bo'lajak o'yinlarga shay.


"Al Hilol" safida 5 yil to'p tepib yaqindagina u erni tark etgan braziliyalik Karlos Eduardo "Shabab Al Ahli" tarkibiga kelib qo'shilgan. Bu bo'lajak o'yinlar oldidan yaxshigina kuchayish.



Eslatib o'tamiz, "Shabab Al Ahli" Dohadagi birinchi o'yinini 14 sentyabr kuni Eronning "Shahr Xodro" jamoasiga qarshi "Al Janub" stadionida o'tkazadi. "Paxtakor"ga qarshi 5-turdan o'rin olgan bahs esa 20 sentyabrda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia