OCHL. "Guanjou" va "Kavasaki" keyingi bosqichga chiqdi

Aslanov Jasurbek
30 may 2017, 16:56
Osiyo Chempionlar ligasi sharq mintaqasining nimchorak final ikki javob uchrashuvi o'tkazildi.

"Kashima Antlers" - "Guanjou Evergrand". Birinchi uchrashuvda xitoyliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Javob o'yinida Paulinoning urgan goli "Guanjou"ga g'alaba keltirdi. Xitoyliklar mehmonda urilgan gol tufayli keyingi bosqichga yo'l olishdi.

"Kashima Antlers" - "Guanjou Evergrand" 2:1 (2:2)

Gollar: Moreyra Junior 28, Kanazaki 90 - Paulino 55.


"Kavasaki Frontale" - "Mauntong Yunayted". Yaponiya klubi birinchi uchrashuvda 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Javob bahsida "Kavasaki" futbolchilari raqib darvozasiga yana to'rtta gol urib, keyingi bosqich masalasini hal qilishdi.

"Kavasaki Frontale" - "Mauntong Yunayted" 4:1 (7:2)

Gollar: Kobayashi 31, Xasegava 32, Eduardo 40, Rayner 79 - Dangda 89.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia