OCHL. “Buriram” – “Istiqlol” (1:2) o'yinidan keyingi fikrlar

Narzulla Saydullayev
19 sen 2013, 14:47
“Buriram” ertagi ham tugadi. Tailand jamoasi har ikkala uchrashuvda ham Eronning “Istiqlol” klubiga mag'lub bo'ldi. Tehronliklar esa OCHLning yarim finaliga yo'l olishdi.
Alexandro Menendez (“Buriram Yunayted” bosh murabbiyi): - “Istiqlol” ayniqsa ikkinchi taymda yaxshi o'yin ko'rsatdi, ular ko'pincha o'yinni sekinlashtirishga harakat qilishdi. Biz namoyish etgan futbol ham yomon emas, lekin mag'lub bo'lganimizga ko'ra raqib yaxshi o'yin ko'rsatdi desa bo'ladi. Qolaversa, bizga tajriba yetishmadi. Raqib beshta imkoniyatdan ikkita gol urdi, biz esa 14ta imkoniyatdan atigi bitta to'p kiritdik. Shunga qaramay, ular yarim finalga yo'l olishdi. Men shogirdlarim bilan faxrlanaman.

Amir Galenoi (“Istiqlol” bosh murabbiyi): - Tanaffus paytida shogirdlarimga birinchi taymdagi xatolar to'g'risida gapirib o'tirmadim, ularni faqat ruhlantirishga chaqirdim, xolos. Men futbolchilarga “Sizlar eronliksiz” va o'zingizni ko'rsatish uchun oldinda 45 daqiqa bor dedim. Biz raqib tomonidan bo'shliqlarni to'ldirishga harakat qildik va standart vaziyatlar foyda keltirishini sezdik. Qolaversa, uchta hujumchi bilan o'ynaganimiz ham qo'l keldi. Agar “Istiqlol” OCHL bosh sovrinini qo'lga kiritsa, katta hajmdagi ishni amalga oshirgan bo'lamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia