OCHL. "Bunyodkor" 3 yildan so'ng guruh bosqichida g'olib chiqdi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2017, 21:05
Osiyo chempionlar ligasi 5-turida "Bunyodkor" o'z uyida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubini 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" 3 yillik tanaffusdan so'ng OCHL guruh bosqichida g'alabaga erishdi. So'nggi bor "qaldirg'ochlar" 2014 yilning 23 aprel sanasida "Al Jayish"ni mag'lub etgandi. Shundan so'ng, ketma-ket 18ta uchrashuvda "Bunyodkor" OCHL musobaqasida (saralash va pley-off bahslari inobatga olinmagan) umuman g'olib bo'la olmagandi.

Ayni paytda "Bunyodkor" 5ta o'yindan so'ng 3 ochko bilan o'z guruhida so'nggi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia