OCHL-2023/24. Guruh bosqichiga qachon qur'a tashlanishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
12 may 2023, 11:51
Shu yilning 8 avgust kuni Osiyo chempionlar ligasining yangi mavsumi rasman start oladi.

8 avgust kuni birinchi saralash bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. 15 avgustda ikkinchi saralash bosqichi bo'lib o'tadi. Pley-off bosqichi esa 22 avgustga belgilangan.

Guruh bahslari 18 sentyabr kuni start oladi va 13 dekabrga qadar uy-safar tizimida davom etadi. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 27 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, bo'lajak OCHLda O'zbekistondan bir yo'la to'rtta klub ishtirok etadi. "Paxtakor" va "Nasaf" o'z ishtiroklarini to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichidan, "Navbahor" va OKMK klublari esa saralashdan boshlashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia