OCHL-2021 "Paxtakor" guruh bosqichini Eron klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2021, 18:01
OCHLning 2021 yilgi mavsumi guruh bosqichi uchun taqvim ma'lum bo'ldi.

Markazlashgan formatda o'tadigan guruh bosqichida "Paxtakor" 14-29 aprel kunlari ishtirok etadi. Hozircha "V" guruhi o'yinlari qayerda bo'lib o'tishi noaniq. Guruhda vakillari bor assotsiatsiyalar uni qabul qilish uchun OFKga ariza topshirishlari mumkin. Ariza OFKni qoniqtirgan holatda o'sha guruh bahslarini biror mamlakatda bo'lib o'tishi borasida qaror qabul qilinadi.

Guruh bosqichini "Paxtakor" Eronning "Traktor" klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda pley-off g'olibi bilan to'qnash keladi. Keyin esa "Sharja" bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. Taqvim bilan tanishib oling.

1-tur, 14 aprel

"Paxtakor" - "Traktor"

2-tur, 17 aprel
Pley-off g'olibi - "Paxtakor"

3-tur, 20 aprel
"Sharja" - "Paxtakor"

4-tur, 23 aprel

"Paxtakor" - "Sharja"

5-tur, 26 aprel
"Traktor" - "Paxtakor"

6-tur, 29 aprel

"Paxtakor" - pley-off g'olibi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz