OCHL-2021. AGMK saralashni Iroq klubiga qarshi safarda o'tkazadi. G'olib Qatar jamoasi bilan to'qnash keladi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2020, 17:04
2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi saralashida O'zbekiston chempionatida uchinchi o'rinni olgan AGMK klubi ishtirok etadi.

Biroq Olmaliq klubi guruh bosqichiga chiqishi uchun ikkita safar uchrashuvini o'tkazishiga to'g'ri keladi.

Dastlab AGMK Iroq vice chempioni "Al Quva Al Javiya" klubiga qarshi safarda o'ynaydi. O'tgan yillarda o'zbek klubi dastlabki bosqichni o'z maydonida o'tkazardi, biroq bu yil Iroq OFK koefficientlar jadvalida O'zbekistondan tepaga chiqib olgani bois endi klubimiz safarda o'ynaydi.

Ushbu bahs g'olibi guruh bosqichiga chiqishi uchun Qatar klubi to'sig'idan o'tishi kerak bo'ladi.

Bu klub nomi bugun kechqurun bo'lib o'tadigan Qatar Amiri kubogi finalidan so'ng ma'lum bo'ladi.

Finalda "Al Arabi" - "Al Sadd" klublari to'qnash keladi. Agar kubokni "Al Arabi" qo'lga kiritsa, pley-offda "Al Sadd" o'ynaydi. Agarda kubokni "Al Sadd" qo'lga kiritsa, pley-offda "Al Garafa" klubi o'ynaydi.

Hozircha saralash bahslari va guruh bosqichi o'yinlari qachon bo'lib o'tishi aniq emas. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, saralash mart oyida o'tsa, guruh bosqichi aprel oyida boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia