"Obod"ning to'rt nafar futbolchisi "Sho'rtan" bilan o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
25 okt 2016, 14:54
Oliy liganing 27-turida Toshkentning "Obod" klubi safarda "Sho'rtan" mehmoni bo'ladi.

Bu uchrashuvda "Obod"ning bir yo'la to'rt nafar futbolchisi diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi. Sababi kechagi "Mashal"ga qarshi kechgan bahsda jamoa a'zolari Shohruz Norxonov, Sardor Qahhorov, G'ayrat Umirov va Alisher Mirzaev so'nggi daqiqalarda sariq kartochka olishdi. To'rttala futbolchining ham sariq kartochkalari soni to'rttaga etdi. Shu bois bu o'yinchilar navbatdagi o'yinda ishtirok eta olishmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Sho'rtan" - "Obod" uchrashuvi 29 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia