

Seminarni FIFA referisi Vladislav Seytlin olib bordi. Vladislav Grigorevich FIFA instruktorlari tomonidan maxsus tayyorlangan videoroliklar orqali qoidalarga kiritilgan o'zgarishlar bo'yicha jamoa a'zolariga tushuncha berdi. Murabbiylar va futbolchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
"Obod" ertaga navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. "Sergeli" sun'iy qoplamali maydonida bo'lib o'tadigan bahsda raqibimiz "Sho'rtan" bo'ladi. Bellashuv 10:30da boshlanadi.




