Obid Jo'raboev: "Dinamo"ning oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan"

Aslanov Jasurbek
31 mar 2021, 12:10
Pro liganing ikkinchi turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Dinamo"(1:2) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa sardori Obid Jo'raboev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Ikkinchi turda Farg'onada "Istiqlol" mehmoni bo'ldik. Raqibimiz o'tgan turda mag'lubiyatga uchragandi. Umuman olganda qiyin o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda biroz tushunmovchiliklar kuzatildi. Tanaffusda murabbiyimiz to'g'ri ko'rsatmalar bergani natijasida ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik. Samarqandlik muxlislarni, klub rahbarlarini va jamoadoshlarimni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qanday o'tganidan qatiy nazar natija barchani qoniqtirdi, deb o'ylayman. "Dinamo"ga o'tgan mavsumning ikkinchi davrasida kelib qo'shildim. To'g'risi ozgina omadimiz kelmadi. Klubda barcha sharoitlar yaratib berilgan. Kamchiliklar yo'q. Oldimizga faqatgina Superligaga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan",- deydi Obid Jo'raboev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia