Obameyang Saudiya Arabistonidan ajoyib taklif oldi

Alisher
3 yanv 2022, 10:38
"Arsenal"da muammolariga ega forvard Per-Emerik Obameyang qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, afrikalik futbolchi moliyaviy tarafdan ajoyib taklif oldi.

32 yoshli o'yinchiga Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub unga ajoyib shartnoma taklif qildi, ammo Obameyangning maqsadi - Yevropa jamoasiga o'tish.

Per-Emerik 2018 yildan beri "kanonirlar" tarkibida o'ynaydi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira