Obameyang nima uchun Ispaniya va Fransiya termasida to'p tepishni istamaganiga izoh berdi

21 mar 2018, 01:23
Londonning “Arsenal” klubi va Gabon terma jamoasi hujumchisi Per Emerik Obameyyang nima sababdan Ispaniya va Fransiya terma jamoasida o'ynashdan bosh tortganligiga oydinlik kiritdi.

“Men bunday qarorga kelanimda juda yosh bo'lganman. Futbolchilar odatda to'g'ri qaror qabul qilishda ko'p vaqt yo'qotishadi. Ammo men uchun boshidanoq hammasi ma'lum edi.

Men otamning izidan borishni istaganman. U Gabon terma jamoasi sardori edi.

Ispaniya yoki Fransiya terma jamoasida ham bemalol to'p tepishim mumkin edi. 21 yoshgacha bo'lgan Fransiya termasida to'p tepganman ham. Ammo ushandayoq qalbimda otamning izidan borish ishtiyoqi ustunlik qilgan”, deya Obameyangning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Arsenal” matbuot xizmati.

Obameyyang Gabon termasi tarkibida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Арсенал" ФК расмий сайти