Obameyang faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Alisher
6 iyun 2023, 10:22
"Al Shabab" Obameyangni olib kelmoqchi.

"Al Shabab" klubi gabonlik hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Fevral oyida Per-Emerik Obameyang MLS'dan tushgan taklifni qabul qilmagandi, o'shanda u hali Yevropada o'ynash niyatida ekanligini ma'lum qilgan.

Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Obameyangning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com