

"Al Shabab" klubi gabonlik hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Fevral oyida Per-Emerik Obameyang MLS'dan tushgan taklifni qabul qilmagandi, o'shanda u hali Yevropada o'ynash niyatida ekanligini ma'lum qilgan.
Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Obameyangning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



