Obameyang: "Dembelega "Barselona"da qolishi kerakligini aytdim"

Mirjalol Normatov
22 fev 2022, 10:21
"Barselona"ning yangi futbolchisi Per-Emerik Obameyang jamoadoshi Usmon Dembelening holati borasida gapirdi.

"Hech qanday g'alati holat emas. Biz Dortmundda ajoyib mavsumni o'tkazganmiz. Usmon esa dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri. To'p unda bo'lganida nimalarga qodirligini ko'rsatib qo'yadi. Uning bu yerda ekanligidan xursandman. Unga shu yerda qolishi kerakligini aytdim. U bu yerda ko'plab ishlarni bajarishi mumkin", - dedi Obameyang.

24 yoshli Dembele ushbu mavsum "Barselona" tarkibida 8 o'yinda qatnashib, 3 golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal