

"Hech qanday g'alati holat emas. Biz Dortmundda ajoyib mavsumni o'tkazganmiz. Usmon esa dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri. To'p unda bo'lganida nimalarga qodirligini ko'rsatib qo'yadi. Uning bu yerda ekanligidan xursandman. Unga shu yerda qolishi kerakligini aytdim. U bu yerda ko'plab ishlarni bajarishi mumkin", - dedi Obameyang.
24 yoshli Dembele ushbu mavsum "Barselona" tarkibida 8 o'yinda qatnashib, 3 golga assist bo'ldi.



