
OAVda e'lon qilinishicha, yangi qoidalarda bir jamoadan ko'pi bilan maydonda 3 legioner bo'lishi mumkin, ammo qaydnomaga 5 nafar chet ellik futbolchini kiritish mumkin. Shu bilan birga, jamoalar 23 yoshgacha bo'lgan ikki o'yinchini qaydnomaga kiritib, ularning birini asosiy tarkibda maydonga tushirishi shart.
Oldinroq Xitoy chempionatida klublarga o'z safida 4+1 tizimida legioner o'ynatishga imkon berilgan edi. Bungacha ularning barchasi bir vaqtda maydonga tushishi mumkin bo'lgan.