OAV diqqatiga: O'FAning navbatdan tashqari Konferenciyasida ishtirok etish uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2019, 10:46
2019 yil 15 iyul sanasida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi bo'lib o'tadi.

Konferenciya kun tartibidan O'FA Prezidentini saylash masalasi ham o'rin olgan.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu muhim tadbir uchun OAV vakillariga akkreditatsiya jarayoni boshlanganini ma'lum qiladi. O'FAning navbatdan tashqari Konferenciyasini bevosita voqea joyidan yoritib borishni istagan barcha turdagi OAV vakillari 10 iyul sanasiga qadar info@ufa.uz elektron pochtasiga quyidagi ko'rinishda hujjatlarni yuborishi talab etiladi:


*F.I.O.
*Tashkilot nomi
*Akkreditatsiya turi (muxbir, fotomuxbir …)
* 3x4 rasm
*Aloqa uchun telefon

Tadbir o'tadigan zalda joylar soni chegaralangani bois O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi har bir nashrga beriladigan akkreditatsiya kartochkalari sonini belgilash huquqini o'zida qoldiradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz