

Manbaning keltirishicha, MYU rahbariyati qoniqarsiz natijalar sabab jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherni iste'foga chiqarish variantini ko'rib chiqishmoqda.
Sulsherning o'rniga asosiy da'vogar sifatida "Tottenxem" sobiq ustozi Maurisio Pochettino ko'rilmoqda. Lekin, "qizil iblislar" argentinalikni jalb qila olishmagan taqdirda, 53 yoshli italiyalik variantiga o'tishadi.

Eslatib o'tamiz, Allegrining oxirgi ish joyi "Yuventus" bo'lgan. U Turin klubida 2014 yildan 2019 yilgacha faoliyat olib borgan. Oldinroq, Allegrining xizmatlariga "Roma" qiziqayotgani xabar qilingandi.



