

30 yoshli Tiote Xitoy birinchi divizionida faoliyat olib borayotgandi. U mashg'ulot paytida xushidan kyetib qoldi va shifoxonaga olib ketildi. Shifokorlar uni vafot etganini qayd etishdi.
Tiotening vafot etganini uning agenti Emanuele Palladino tasdiqladi. Futbolchi aynan nimadan vafot etgani hozircha oshkor qilinmayapti.
Eslatib o'tamiz, Tiote 2017 yil fevral oyida Xitoyga ko'chib o'tgandi.



