"Nyukasl" so'nggi 5 o'yinining 4tassida mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
26 dek 2023, 20:14
Bugun "Nyukasl" APL doirasida o'z maydonida "Nottingem"ga 1:3 hisobida yutqazdi.

Shu orqali Eddi Xau shogirdlari so'nggi 5 o'yinining 4tasida mag'lub bo'ldi. Bunga qadar jamoa "Luton", "Tottenxem" va "Everton"ga ham yutqazgandi. Yagona g'alaba esa "Fulxem"ga qarshi o'yinda qo'lga kiritilgandi.

Ayni damda "Nyukasl" APL turnir jadvalida 19 o'yinda 29 ochko jamg'arib, 7-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia