“Nyukasl” “Sevilya” himoyachisi bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Eldor Akmurzayev
19 yanv 2022, 08:40
“Sevilya” a'zosi Diego Karlos faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin.

“Nyukasl” 28 yoshli braziliyalik bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Karlos 2019 yil 15 mln evro evaziga “Nant”dan hozirgi jamoasiga o'tgandi.

U joriy mavsum klub libosida 28 o'yinda qatnashib, ikkita gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira