"Nyukasl" sardori har bir goli uchun onasidan 5 funt oladi

Aslanov Jasurbek
19 sen 2017, 12:43
"Nyukasl" sardori Jamol Lassells har bir goli uchun onasida 5 funt oladi.

"Stok Siti"ga qarshi Angliya chempionatining 5-tur uchrashuvida (2:1) futbolchi gol urishga muvaffaq bo'ldi, shundan so'ng esa onasi ijtimoiy tarmoqda xabar qoldirdi.

"Bu men uchun juda qimmatga tushgan. U "Nottingem" akademiyasida o'ynagan paytdan beri doimo har bir goli uchun 5 funtdan olardi" - deb yozadi Lassellsning onasi "Tvitter"ga.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum APLning 5 ta uchrashuvida 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com