
23 yoshli gollandiyalik futbolchi “Borussiya”da o'yin vaqtining kamligi tufayli norozilik bildirgan. Shuning uchun inglizlar unga o'z jamoalaridan joy ajratib berishmoqchi. Biroq menxengladbaxliklar o'yinchi uchun 12.6 million so'rashgani sababli “Nyukasl” de Yiongni ijaraga olish variantini ko'rib chiqayapti, deb xabar beradi The Telegraph.
Ijaraga olish varianti esa o'yinchini sotishni rejalashtirgan “Borussiya”ga avvaldan yoqmagan. Ammo xaridorlarning yoqligi nemis klubini de Yongni ijaraga berishga undashi mumkin.