"Nyukasl" Fransiya chempionatidagi hujumchi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
2 iyun 2022, 12:00
"Reyms" hujumchisi Ugo Ekiteke "Nyukasl" bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar bitimning so'nggi detallarini muhokama qilishi qoldi.

O'yinchiga faol tarzda Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirgan edi, ammo yakunda angliyaliklar o'yinchini o'zlariga og'dirishdi.

Ekitike o'tgan mavsum francuz klubi safida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano