"Nyukasl" "Chelsi"ning uch futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2023, 01:20
"Nyukasl" "Chelsi" safidagi uch yarim himoyachiga ko'z tikkan.

Ma'lumotlarga ko'ra, ular Konnor Gallaxer, Ruben Loftus Chik va Xakim Ziesh variantlarini ko'rib chiqishmoqda.

"Chelsi" bosh murabbiyi ushbu ro'yxatdan faqat Ziesh bilan xayrlashishga tayyor.

29 yoshli marokashlik joriy mavsum APLda 9ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph