"Nyukasl" bosh murabbiyi Sen-Maksimenning ehtimoliy sotuvi haqida gapirdi

Alisher
7 apr 2022, 17:21
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau forvard Allan Sen-Maksimenning ehtimoliy sotuvi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Allan juda ham iqtidorli va albatta, u klubimizning uzoq muddatli rejalariga kiradi", - deydi Xau.

Oldinroq, Sen-Maksimenning yozgi transfer oynasida "Aston Villa"ga o'tishi mumkinligi aytilgan edi.

Sen-Maksimen 2021/22 yilgi mavsum "Nyukasl" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports