“Nyuells Old Boyz” vice-prezidenti: “Messi “Barselona”ni tark etib, bizning klubga keladi”

Eldor Akmurzayev
28 may 2020, 21:25
Argentina klubi rahbariyati vakili Kristian D'Amiko kataloniyaliklar sardori Lionel Messining keying jamoasi “Nyuells Old Boyz” bo'lioshiga ishonchi komil.

Avvalroq, Messi faoliyatini aynan shu klubda yakunlash istagi borligini aytgandi.

“Agarda u “Barselona”ni tark etishga qaror qilsa, u biz uchun o'ynaydi. Albatta, bu faqat bizga bog'liq emas. Argentina futbol federatsiyasi ham bizga ko'maklashishi mumkin. Federatsiya rahbari uning do'sti hisoblanadi. Biroq, uni bezovta qilmaslikka harakat qilaman”, deydi D'Amiko.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Tribal Football