Noyer "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar haqida gapirdi

Alisher
9 may 2022, 13:03
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar haqida gapirdi.

"Mening yangi shartnomam borasidagi muzokaralar juda yaxshi ketmoqda. Bizda zaxirada juda ko'p vaqt bor. Shunday ekan, barchasi yaxshi ketmoqda", - deydi Noyer.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Noyer "Bavariya"da 2011 yildan beri o'ynaydi.

Darvozabon 2021/22 yilgi mavsum nemis klubi tarkibida barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 36ta to'p olib chiqdi va 14ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano