Noyer 2024 yilgacha maydonga tusha olmaydi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2023, 15:09
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyerning tiklanishi avval o'ylanganidan ham ko'proq vaqt olishi mumkin.

Futbolchi o'tgan yilning dekabr oyida tog'-chang'i kurortida dam olayotganda jarohat olgandi. Qayd etilishicha, so'nggi haftalarda futbolchi og'riq tufayli mashg'ulotlarda muammolarga duch kelmoqda. Ma'lumki, may oyining oxirida darvozabonning oyog'idan jarrohlik yo'li bilan vint olib tashlangan, bu jarohat oqibatidir.

Myunxen klubi Noyer maydonga faqat 2024 yilda qayta olishini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sportbild.bild.de