Noxush xabar. Ronald Kuman yuragidagi muammolar tufayli kasalxonaga tushib qoldi

Sherzod Nurmatov
3 may 2020, 23:35
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman kasalxonaga yotqizildi.

57 yoshli mutaxassis yuragidagi muammolar sababli shifoxonaga yotqizilgan. U velosipedda yurganida o'zini yomon his qilgan va darhol tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan.

Xabar qilinishicha, Kumanga kerakli muolajalar ko'rsatilgan, ertaga murabbiyga kasalxonadan javob berilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Algemeen Dagblad