Norvegiya terma jamoasi o'yinchisi Xolandning ishtahasidan hayratda

Alisher
25 noya 2021, 15:37
Erling Xolandning Norvegiya terma jamoasidagi sherigi Josh King uning ishtahasidan hayratda qolganini aytdi.

"U shunchaki g'alati. Men hech qachon kimdir u kabi bunchalik ko'p ovqat eganini ko'rmaganman. Xoland ayiq kabi eydi.

Men uni Premer-ligada ko'rishni xohlardim. Unga aytdim: "Sen APLga borishing kerak". U hali yosh, shunday ekan unda vaqt bor", - deydi King.

Xoland joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Cycling GK