No'mon Hasanov: "Yuqori kayfiyatda tatilga chiqib ketayotganimiz yaxshi bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
29 noya 2018, 20:55
“Neftchi” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi No'mon Hasanov quyidagicha fikr bildirdi:

- Bugun qo'lga kiritilgan g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. Qiyin g'alabaga erishdik. Uchrashuv “derbi” nomiga mos ravishda – shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Jamoalar maydonda haqiqiy “jang” olib borishdi. Ikki nafar futbolchimiz jarohat olganidan ham, maydonda qanday kurash bo'lganini bilish mumkin. G'alaba qo'lga kiritib, yuqori kayfiyatda tatilga chiqib ketayotganimiz yaxshi bo'ldi, - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz