

- O'yin kurashlarga boy tarzda o'tganini takidlash joiz. Tezkor gol o'tkazganimiz o'z ta’sirini o'tkazdi. Bugungi bahsda kamchiliklar ko'zga tashlandi. Xatolar ustida ishlashni davom etamiz.
Kecha Muzaffar Abdullaev yaxshi to'p surgani bois bugun unga asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bugungi gollarda uni ayblay olmayman.
Yetakchi o'yinchilarimiz sanalgan Jarohir Sidiqov, Darko Gojkovich kabi o'yinchilarning jarohati borligi sabab bugungi bahsni o'tkazib yuborishdi. Hali o'yinlarimiz oldinda deb bilaman, - deydi Hasanov.




