No'mon Hasanov g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2017, 18:17
“Qo'qon-1912” – “Sho'rtan” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida qo'qonliklar ustozi No'mon Hasanov qatnashdi.

"Ikkita mag'lubiyatdan keyin muxlislarimizni xursand etishimiz lozim edi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Shogirdlarim ham bugun yaxshi harakat qilishdi. “Sho'rtan” haqidagi gapiradigan bo'lsam, bugun g'uzorliklar yomon o'ynashmadi. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yurishini unutmaslik kerak. Bugun Rayevac kutilgan o'yinni ko'rsatdi. Raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Navbatdagi o'yinlarga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ramiz. Oralig'dagi tanaffusda unumli foydalanishga harakat qilamiz", - deydi murabbiy.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia