Noyer: "Portu" bilan javob o'yini - mavsumning eng muhim uchrashuvi"
Aslanov Jasurbek
20 apr 2015, 13:45
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer "Portu"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi haqida o'z fikrini bildirdi.
O'yin 21 aprel kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.
"Portu"ga qarshi o'yin "Bavariya"ning mavsumdagi eng muhim uchrashuvi ekanligini bilamiz. Har birimiz bu bahsda nimaga qodir ekanligimizni ko'rsatamiz" - deydi Noyer.