
"Atletiko" uchun ushbu bahs juda muhim. Ayni paytda jamoa yaxshi formada. Ular uchun bu mavsum juda omadli kechmoqda. Diego Simeone jamoasi bu yili YCHLda muvaffaqiyat qozonishi uchun barcha kuchini tashlasa kerak. Agarda ushbu mavsumda ular katta musobaqada g'olib bo'lishmasa, keyingi 5 yil ichida biror bir yutuqni qo'lga kirita olishadimi yo'qmi bunga hech kim kafolat bera olmaydi.
Bugungi bellashuvda, agarda, mehmonlar mag'lub bo'lishsa, faqatgina bir futbolchi - Fernando Torres afsuslanmasligi mumkin. Taxminimcha, bugungi bahsda 2:0 hisobida ispanlar g'alaba qozonishadi. Aslidaku menga xorij futbolining qizig'i yo'q. Shuning uchun men bugun yotib uxlayman. Natijani esa, ertalab "SA"ga kirib bilib olaman.