Nkunku: "Chelsi" libosini kiyish faxrlanishga arziydi"

Mirjalol Normatov
20 iyun 2023, 21:53
"Chelsi"ga o'tgan Kristofer Nkunku o'zining transferi haqida gapirdi.

"Chelsi"ga o'tganimdan juda xursandman. Klub meni tarkibiga qo'shib olish uchun anchagina harakat qildi. Endi esa men yangi jamoamdagi faoliyatimni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. "Chelsi" muxlislariga maydonda nimalarga qodirligimni namoyish qilmoqchiman.

Fransiya, Germaniya kabi chempionatlarda o'ynagandan keyin dunyoning eng kuchli ligalaridan biri APLda ham omadimni sinab ko'rmoqchiman. Bu chaqiruvdan juda mamnunman. "Chelsi" libosini kiyish faxrlanishga arziydi", - dedi futbolchi klub matbuot xizmatiga.

Oldinroq "Chelsi" matbuot xizmati futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzolanganini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/chelseafc