Nikolay Curkan: "O'zbekistonda futbolchilarni terma jamoaga tayyorlash ustuvor vazifa"

Narzulla Saydullayev
28 noya 2016, 22:03
30 yoshli moldovalik murabbiy Nikolay Curkan o'z vaqtida O'zbekistonda "Bunyodkor" akademiyasida ishlagan. U Moldfootball.com nashri vakili bilan suhbatda O'zbekistondagi faoliyati haqida gapirib berdi.
- O'zbekiston va Moldova o'rtasidagi asosiy farqlar qanday?
- O'zbekistonda futbolni juda sevishar ekan. Agar Toshkentni olsak, u yerda juda ko'p maydonlar bor. Shaharda taxminan 20ta maktab bor, har bir yosh toifasida ikkita liga bor. U yerda kichkina sun'iy maydonlar ko'p, ertalabdan kechgacha futbol o'ynashadi. Stadionlarga odam doim ko'p keladi. Bekorga O'zbekiston JCH-2018ga chiqmoqchi emas, ularda yaxshi imkoniyat bor. U yerda bolalar-o'smirlar futboliga ahamiyat katta. Katta futbolga o'tish asta sekinlik bilan o'tadi. Agar bizda o'rinbosarlar safida 16-17 yoshlar o'ynashsa, u yerda 20-21 yoshli yigitlar to'p tepishadi. O'zbekistonda yoshlar obdon sinovdan o'tkaziladi, keyin asosiy tarkibga qo'shilishadi.
 
Terma jamoada tizim ajoyib. Barcha klublar O'zbekiston futbol Federatsiyasiga bo'ysunishadi. Futbolchilarni milliy terma jamoaga tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Men jamoani qabul qilib olganimda yoshlar ligasida chempion bo'lish yaxshi, lekin klubdan yoshlar terma jamoalariga qancha ko'p o'yinchi olinsa shuncha yaxshiligini aytishdi.  
 
O'sha paytda terma jamoa ustozi doim o'yinlarga kelib turardi, biz bilan suhbatlashib turardi. U yerda jiddiy musobaqaga 10 oy qolganida tayyorgarlik boshlanadi. Har oyda ikki-uch hafta yig'in bo'ladi.
 
O'zbekistonda yosh futbolchilarni topish osonroq, u yerda qobiliyatli futbolchilar ko'plab topiladi. Moldovada esa yaxshi futbolchini qidirish kerak.

- Nima uchun O'zbekistonni tark etdingiz?

- U yerda shartnomam tugaganida Moldovada UEFA licenziyasi uchun o'qish boshlandi. Vatanimga qaytib "A" licenziyasi uchun bir yil o'qishim kerak edi. Osiyo licenziyasini ololmasdim, sababi ularning "A" licenziyasi Yevropada amal qilmaydi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia