Nikola Lazarevich: "O'yinda ertaroq hisobni ochishimiz mumkin edi"

Iskandarov Abdulaziz
29 sen 2022, 22:13
Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Metallurg" bellashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirdi.

"Avvalo "Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. Shunday o'yin kutgan edik. Ular bugungidek sxemada tushishini, qanday himoyalanishini bilgandik, deya olaman. "Metallurg" orqa chiziqda vaziyatlarini kutib, qarshi hujumda vaziyatlarni foydlanadi. O'sha vaziyatda diqqatni yo'qotdik. Ikkinchi bo'limda bir qator o'zgarishlar qilindi. Komolafe orqali hujumni kuchaytirishni, vaziyatlarni golga aylantirish rejalashtirilgandi. Yigitlar yuz foiz kuchlarini berib harakat qilishdi. Futbolchilarimdagi ikkinchi bo'lim oxiridagi holatlarini to'g'ri tushunaman. Albatta o'yindagi bunday reakciyalarni jamoani ichida hal qilamiz. Gaplashib olamiz",- deydi Lazarevich. 

- Jamoa o'yinda ustunlik qilmoqda. Lekin hujumlarni yakunlash uchun nima yetishmayapti?

- O'yinni video tasvirini yana ko'rib chiqamiz. Oxirgi qadam yetishmayapti. Nima bo'ldi, nimalar qilish kerak tahlil qilamiz. Balki ertaroq hisobni ochishimiz, 1-2ta gol urishimiz mumkin edi. Ishimizni engillashtirgan bo'lardik.  

- "Qizilqum" "Metallurg"ga ruhiy va jismoniy tomondan yutqazdi. Buni qanday izohlaysiz?

- "Metallurg" jismoniy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ko'rinib turdi. O'yinni raqibning maydonida tashkil qilishga harakat qildik. Raqib hujumlarimizga blok qo'ya oldi. Jismoniy tomondan yutqazdik, deya olmayman. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia