Nikimbaev: "Usmonovning obro'si O'FFni mahalliy rahbarlarning aralashuvidan saqlagan"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2019
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida bugun, 15 mart kuni olamdan ko'z yumgan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov haqida post qoldirdi.

"Bugun O'zbekiston sport olami eng katta yo'qotishni boshdan kechirdi. Mustaqil O'zbekiston tarixida O'zbekiston futbol federatsiyasini boshqalardan uzoqroq (deyarli 12 yil) boshqargan, 2013-2017 yillarda milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti bo'lgan Mirabror Usmonov 72 yoshida olamdan ko'z yumdi.

Usmonov davrida O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari besh marotaba jahon chempionatida ishtirok etishdi, mamlakatimiz besh marta Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi va Riodagi Olimpiadada rekord miqdorida medallar qo'lga kiritildi.

Usmonov tufayli sport, xususan futbolga hukumat tomonidan katta mablag' ajratildi va bu sport rivojiga ta’sir ko'rsatdi. O'nlab stadionlar qurildi va rekonstrukciya qilindi. Usmonovning obro'si O'zbekiston futbol federatsiyasini mahalliy rahbarlarning aralashuvidan saqladi. Mirabror Zufarovich davrida bizning sport tashkilotlar misli ko'rilmagan xalqaro obro'ga ega bo'ldi. U xalqaro sport tashkilotlarining boshqaruv organlarida juda ko'p joylarga erishganidan bu o'rinlar uchun mamlakatimizda mutaxassislar yetishmay qoldi.

Mirabror Zufarovich sportda rahbarlik plankasini shunchalik yuqori ko'tardiki, uni o'sha balandlikda ushlab qolishning iloji yo'q edi.

2006-2011 yillarda Usmonov qo'l ostida ishlashga muvaffaq bo'lganman, OFKga o'tganimda u bilan turli masalalarda bog'lanib turardim. Mirabror Zufarovich haqiqatdan ham tashkilot ofisida ishlagan federatsiyaning birinchi prezidentiga aylandi, u qattiqqo'l bo'lgan, ammo qo'l ostidagilarning haqligini tan olib, kerak bo'lsa qarorini o'zgartira olgan.

Qiziq ma'lumot: O'FF prezidentiga aylangan Usmonov ishining ilk 12 oyida hech kimni ishdan bo'shatmagan. U har bir xodim bilan shaxsan tanishishni va ularning sifatlari borasida o'z xulosasini chiqarishni istagan.

Joyingiz jannatda bo'lsin, Mirabror Zufarovich" - deb yozadi Nikimbaev o'zining Telegram kanalida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev