Nigora Mo'ydinova: "Neftchi-W" mavsum yakunida yuqori o'rinlarni egallamoqchi"

Narzulla Saydullayev
8 sen 2018, 20:07
Ayollar futboli. O'zbekiston chempionati 20-turidan o'rin olgan “Neftchi-W”- “Qo'qon 1912-W” (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar safida eng yaxshi deb topilgan Nigora Mo'ydinova “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Oldingi turda “Andijon” jamoasi bilan durang o'ynagandik. Shu sabab bugun maydonga faqat g'alaba uchun tushdik va maqsadimizga erishdik.

Mavsum yakunida yuqori o'rinlarni egallamoqchimiz, shu bois har bir uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rayapmiz. Bizni uchrashuvlarga yaxshi darajada tayyorlab borayotgan murabbiylarimizga rahmat aytaman. Barcha jamoamiz a'zolarini bugungi g'alaba bilan tabriklayman!

Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia