Niderlandiya terma jamoasi Evro-2024 uchun tarkibini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
17 may 2024, 17:40
Jamoa murabbiylar shtabi o'z tanlovini amalga oshirdi.

Niderlandiya terma jamoasi matbuot xizmati 2024 yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoaning dastlabki tarkibini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, ro'yxatga hozirda 28 nafar futbolchi kiritilgan, biroq terma jamoa yakuniy qaydnomasiga 26 nafar futbolchini kiritish mumkin bo'ladi.

Darvozabonlar: Bart Verbryuggen, Mark Flekken, Yustin Beylo, Nik Olay.

Himoyachilar: Natan Ake, Deyli Blind, Matteys de Ligt, Virjil van Deyk, Lyutsxarel Gertreyda, Jeremi Frimpong, Stefan de Vrey, Denzel Dyumfris, Yan Matsen, Mikki van de Ven.

Yarim himoyachilar: Jorjino Veynaldum, Yoey Verman, Rayan Gravenberx, Frenki de Yong, Marten de Ron, Tyon Kopmeyners, Teyani Reynders, Yerdi Sxauten.

Hujumchilar: Stiven Bergveyn, Brayan Brobbi, Vaut Vegorst, Memfis Depay, Doniell Malen, Kodi Gakpo, Xavi Simons.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo'lib o'tadi. Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: knvb.com