“Nicca” Patrik Vieyrani iste'foga chiqaradi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2020
Patrik ishidan haydaladi, buning sababi ham ma'lum.

“Nicca” rahbariyati Yevropa Ligasi 5-turida “Bayer”dan qabul qilingan mag'lubiyatdan (2:3) so'ng jamoa bosh murabbiyi Patrik Vieyrani ishdan olishga qaror qilgan.

“Nicca” Vieyra qo'l ostida 89 ta o'yin o'tkazib, ularning 35 tasida g'alaba qozondi, 21 tasida esa durang qayd etdi. 33 ta o'yin esa mag'lubiyat bilan tugadi. Jamoa 107 ta gol urib, 118 ta gol o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe