Neymar yana jarohat oldi

Khoja
20 sen 2025, 10:20
"Santos" hujumchisi Neymar yana jarohat oldi.

33 yoshli futbolchi oyog'ida og'riq his qilgan va shu sababli kechagi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan. Hujumchi katta ehtimol bilan "San-Paulu"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Klub 33 yoshli futbolchining jarohati jiddiy emasligini batafsil tekshirish natijasida aniqlanishiga umid qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2025-yilda ikki marta tizzasidan jarohat olgandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025-yil oxirigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru