Neymar transferni tezlashtirish uchun Kataloniyaga uchadi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2019
PSJ hujumchisi Neymar yaqin vaqt ichida Barselona shahriga uchib ketadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik Kataloniya poytaxtiga ikki sabab bilan uchadi. Birinchidan, u o'zining "Barselona"ga transferini tezlashtirmoqchi, ikkinchidan esa, uy qidirmoqchi va iloji bo'lsa o'zi avval yashagan uyga qaytmoqchi.

Neymar yakunlangan 2018/19 mavsumda PSJ safida 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 23ta gol urdi va 13ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Portería