Neymar PSJga klubdan ketishni xohlayotganligini aytdi

Alisher
16 iyul 2019, 10:44
PSJ hujumchisi Neymar PSJ sport direktori bilan uchrashuv o'tkazdi.

Manbaning xabariga ko'ra, braziliyalik klubdan ketish haqidagi fikrini o'zgartirmagan va buni boshqaruvchiga ma'lum qilgan.

Ammo Neymar faoliyatini qaysi klubda davom ettirishini xohlashiga to'xtalmagan. Unga "Barselona" va "Real" klublari jiddiy qiziqmoqda.

Neymarning PSJ bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'yinchi 2018/19 yilgi mavsum PSJ tarkibida 28ta o'yin o'tkazdi. Uning hisobida 23ta gol va 13ta assist bor. 

transfermarkt.de futbolchini 180 million evroga baholamoqda. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports