Neymar PSJ bilan shartnomani uzaytirishini tasdiqladi

Alisher
14 apr 2021, 09:48
PSJ hujumchisi Neymar Parij klubi bilan shartnomani uzaytirishini tasdiqladi.

"Shartnoma bilan bog'liq vaziyat - endi muammo emas. Men o'zimni PSJda uydagidek qulay his qilmoqdaman. Bu yerda har qachongidan ham baxtliman", - deydi Neymar.

29 yoshli braziliyalik futbolchi "Pari Sen-Jermen"da 2017 yilning yozida beri o'ynaydi.

Futbolchi joriy mavsum jamoa libosida 22ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 8ta assist qayd etdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN