

PSJ hujumchisi Tvitter sahifasida "Real" hujumchisi Karim Benzemani "Oltin to'p" sovrini qo'lga kiritgani bilan tabrikladi hamda madridliklar safida to'p tepadigan vatandoshi Vinisius Juniorni yuqoriroqda bo'lishi kerakligini ta'kidladi.
“Benzema sovringa munosib edi. Ofarin! Biroq Vinisius sakkizinchi o'rindan joy olishi adolatdan emas. U hech bo'lmaganda kuchli uchlikka kirishi kerak edi”, - deb yozdi braziliyalik hujumchi.


